NurQissa AI Logo
NurQissaAI
Bosh sahifaga qaytish
NurQissa AI Himoya Siyosati

Maxfiylik Siyosati (Privacy Policy)

Oxirgi yangilanish: 2026-yil sentabr

1. Umumiy qoidalar

«NurQissa AI» (nur-qissa.uz) bolalar uchun tarbiyaviy, ibratli ertaklar va hikoyalar yaratuvchi innovatsion platformadir. Biz foydalanuvchilarimiz, ayniqsa ota-onalar va bolalarning shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlashni eng ustuvor vazifa deb bilamiz.

2. Qanday ma'lumotlar to'planadi?

Platformadan foydalanish jarayonida quyidagi ma'lumotlar olinishi mumkin:

  • Google hisob ma'lumotlari: Google OAuth orqali kirganingizda sizning ismingiz, profilingizdagi rasm va elektron pochta manzilingiz.
  • Qahramon profili: Ertak yaratish uchun kiritilgan bolaning ismi, yoshi va qiziqishlari.
  • To'lov ma'lumotlari: Obuna xaridi uchun taqdim etilgan telefon raqami va chek ma'lumoti.

3. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi

To'plangan ma'lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Bolangiz nomiga moslashtirilgan shaxsiy ertaklar yaratish;
  • Foydalanuvchi hisobini saqlash va tizimga xavfsiz kirishni ta'minlash;
  • Obuna va balans holatini boshqarish;
  • Xizmat sifatini oshirish va texnik qo'llab-quvvatlash.

4. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berilmasligi

Biz sizning yoki farzandingizning shaxsiy ma'lumotlarini hech qachon uchinchi shaxslarga sotmaymiz, ijaraga bermaymiz va reklama tarqatuvchilar bilan bo'lishmaymiz.

5. Bog'lanish

Maxfiylik siyosati bo'yicha savollaringiz bo'lsa, rasmiy Telegram manzilimiz (@nurqissaaa_bot) yoki saytdagi qo'llab-quvvatlash xizmati orqali murojaat qilishingiz mumkin.